Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun to‘rt mingta grantli kvota ajratildi

Kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shaklida, birinchi oliy ta’lim uchun amal qiladi
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun to‘rt mingta grantli kvota ajratildi / Foto: Intportal

Davlat tomonidan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun 2025-yilgi qabulda to‘rt mingta qo‘shimcha grant asosidagi kvota ajratildi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p kvota tibbiyot fanlariga (1 046 ta), aniq va tabiiy fanlarga (806 ta) hamda boshqa yo‘nalishlarga (1 987 ta) to‘g‘ri keldi.

Yo‘nalishAjratilgan kvota soni
Aniq va tabiiy fanlar806 ta
Texnika fanlari161 ta
Tibbiyot fanlari1 046 ta
Boshqa yo‘nalishlar1 987 ta
Jami4 000 ta

Hududlar kesimida esa eng ko‘p kvota Farg‘ona (529), Samarqand (508) va Namangan (382) viloyatlariga ajratildi. Eng kam kvota Toshkent shahri (88 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

HududAjratilgan kvota soni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi284 ta
Andijon viloyati312 ta
Buxoro viloyati180 ta
Jizzax viloyati233 ta
Qashqadaryo viloyati337 ta
Navoiy viloyati196 ta
Namangan viloyati382 ta
Samarqand viloyati508 ta
Surxondaryo viloyati318 ta
Sirdaryo viloyati140 ta
Toshkent viloyati218 ta
Farg‘ona viloyati529 ta
Xorazm viloyati275 ta
Toshkent shahri88 ta
Jami4 000 ta

Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar doimiy yashash hududi va tanlagan sohasi bo‘yicha ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. Bu kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shaklida, birinchi oliy ta’lim uchun amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilishi haqida yozgan edik.