Fond bozori: o‘tgan hafta aksiyalarning ko‘pi qimmatlashdi, ba’zilari esa keskin tushdi

eʼlon qilindi
«Qo‘qon mexanika zavodi» aksiyalari keskin tushdi
O‘tgan hafta aksiyalarning ko‘pi qimmatlashdi, ba’zilari esa keskin tushdi. Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 28-iyuldan 1-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,7 foizga tushdi.

O‘tgan haftada undan oldingi davrga nisbatan ko‘plab aksiyalar narxi sekin o‘sdi, ammo ba’zilari keskin tushishni qayd etdi.

Masalan, «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 3,82 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zRTXB» (+3,32%) va «Ipak yo‘li» (+3,11%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Qo‘qon mexanika zavodi» aksiyalari 12,71 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Biokimyo» (-11,10%) va «O‘zbekneftgaz» aksiyalari (-6,57%) ham pasayish bilan ajralib turdi.

Faqat «Ipoteka-bank»ning oddiy aksiyalari va «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «O‘zRTXB» (506 ta), «Qizilqumsement» (324 ta) va «Aloqabank» (322 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Aloqabank» (46,02 mlrd) yetakchilik qildi. «Elektrqishloqqurilish» (999,25 mln so‘m) va «Portlatishsanoat» aksiyalari (528,07 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 14 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, qolgan yettitasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 66,04 mlrd so‘m bo‘ldi.

Bundan oldin ham «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 21-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,98 foizga tushgandi.

Ushbu davrda «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 9,26 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Hamkorbank»ning oddiy aksiyalari (+8,78%) va «Aloqabank»ning (+7,87%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari 7,85 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «O‘zbektelekom» (-6,93%) va «O‘zRTXB» aksiyalari (-4,71%) ham pasayish bilan ajralib turdi. 

Shuningdek