Ish haqi 1,5 mingdan 2,5 ming yevrogacha: o‘zbekistonliklar Niderlandiyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Ish beruvchi tomonidan aviachipta va mahalliy transport xarajatlari, shuningdek, yotoqxona xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
Niderlandiya g‘ish teruvchilarni oyligi uch ming dollargacha bo‘lgan ishga taklif etadi. Foto: Freepik

Migratsiya agentligi hamkorligida Niderlandiyaning «MMBS GROEP» tashkiloti tomonidan g‘isht teruvchi mutaxassislar uchun 10 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi.

Ish haqi oyiga 1500 dan 2500 yevrogacha ($1,7 mingdan $2,9 minggacha). Nomzodlar 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilishi, kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi va bu tajribani tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim. Shuningdek, sudlanmagan bo‘lishi va chet elga chiqish bo‘yicha taqiqi bo‘lmasligi kerak.

Ish beruvchi tomonidan aviachipta va mahalliy transport xarajatlari, shuningdek, yotoqxona xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijdaish.uz havolasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni 1282 qisqa raqamidan yoki (71) 202-33-55 (ichki raqam: 172) orqali olishingiz mumkin.

Bundan avval Mongoliyada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingani haqida yozgandik.

Shuningdek