O‘zbekiston pavilyoni Red Dot mukofotining eng oliy sovriniga sazovor bo‘ldi

eʼlon qilindi
“Ko‘rgazma stendlari” nominatsiyasida
O‘zbekiston pavilyoni Red Dot mukofotining eng oliy sovriniga sazovor bo‘ldi / Foto: «Dunyo» AA

«Expo Osaka 2025 Kansai» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston pavilyoni «Red Dot Award: Brands & Communication Design» tanlovining «Ko‘rgazma stendlari» nominatsiyasida «Best of the Best» mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Bu mukofot dunyo miqyosida dizayn va kommunikatsiya sohasidagi eng nufuzli e’tiroflardan biri sanaladi. Ilgari bu mukofotga «Apple», «Ferrari», «Philips» kabi global brendlar sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston pavilyoni xalqaro sahnada mamlakatning madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy rivojlanishini ifodalagan loyiha sifatida tan olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva pavilyon yuz minglab tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortgani haqida so‘zlagan edi.

Shuningdek