O‘zbekiston va Afg‘oniston 20 mln dollarlik 45 ta savdo bitimini imzoladi

eʼlon qilindi
Ikki davlat savdo hajmini $3 milliardga yetkazmoqchi
Foto: Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

O‘zbekiston va Afg‘oniston Kobulda o‘tkazilgan biznes uchrashuvi doirasida umumiy qiymati $20 milliondan ziyod bo‘lgan 45 ta savdo bitimini imzoladi. Bu haqda TOLO News nashri xabar berdi.

Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy so‘zlariga ko‘ra, Kobul O‘zbekiston bilan savdo hajmini $3 milliardga yetkazish ustida faol ishlamoqda.

«Biz import va eksport hajmini birdek kengaytirishimiz, faqat import qiluvchi mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak», dedi u.

Uchrashuvda Afg‘oniston Savdo-sanoat va investitsiyalar palatasi vakillari, O‘zbekiston elchisi Oybek Usmonov ham ishtirok etdi. Usmonovning ta’kidlashicha, joriy yilning birinchi yarmida Afg‘onistonning O‘zbekistonga eksporti 300 foizga oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kobulda Trans-Afg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani haqida yozgandi.

Shuningdek