Prezident Turkmanistonda qanday kutib olindi

eʼlon qilindi
Uni Gurbanguli Berdimuhammedov tantanali tarzda kutib oldi
Prezident Turkmanistonda qanday kutib olindi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.

Foto: President.uz

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yetakchisi 5-avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda qatnashadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Erondan kelgan o‘zbekistonliklarni qabul qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek