Samarqandda 12 million dollarlik zamonaviy avtovokzal ishga tushdi
eʼlon qilindi
100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qila oladi

Samarqandning Cho‘pon-ota hududida umumiy qiymati $12 millionlik avtovokzal ishga tushdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Yangi avtovokzal bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qila oladi.
Yangi obyekt orqali hozirda Toshkent va Jizzax yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Toshkentdan Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga qatnovchi avtobuslar ham aynan ushbu markaz orqali harakatni davom ettirmoqda.
Avtovokzalning ishga tushirilishi 300 nafardan ortiq kishi uchun doimiy ish o‘rnini yaratdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi shaharlararo avtobus chiptalarini ATTO orqali xarid qilish mumkinligi haqida yozgandi.