Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

eʼlon qilindi
Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 4-5-avgust kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Uchrashuvlar «Avaza» milliy sayyohlik hududida o‘tkaziladi. Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, bir qator xorijiy davlatlar va hukumat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Konferensiyada transport bog‘liqligini mustahkamlash, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturini qabul qilish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga prezident tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi — yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka bag‘ishlangan uchrashuvda ham qatnashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev XXR Raisiga hamdardlik bildirgani haqida yozgandi.

Shuningdek