
3-avgustdan Toshkent shahridagi yirik bozorlarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda savdoga chiqarildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra Aviasozlar, Farhod, Eski Jo‘va, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlari hududida ilgari faoliyat yuritgan 624 ta go‘sht savdo rastasiga qo‘shimcha yana 84 tasi tashkil etildi. Savdo nuqtalarining umumiy soni hozirda 708 taga yetgan.
3-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent shahri bozorlariga jami 78,9 tonna go‘sht yetkazib berilgan bo‘lib, shundan 21,8 tonnasi yangi ochilgan rastalar orqali savdoga chiqarilgan. Go‘sht mahsulotlari quyidagicha taqsimlangan:
- Eski Jo‘va — 6,0 tonna;
- Farhod bozori — 5,6 tonna;
- Qo‘yliq — 4,0 tonna;
- Yunusobod — 3,2 tonna.
Narxlar esa 1 kilogrammi uchun quyidagicha belgilangan:
- Mahalliy mol go‘shti — 85 ming so‘m;
- Belarus mol go‘shti — 70 ming so‘m;
- Mahalliy qo‘y go‘shti — 90 ming so‘m;
- Muzlatilgan go‘sht — 65 ming so‘m.
Shuningdek, mazkur ishlar doimiy monitoring asosida davom ettiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Go‘sht va jonli qoramol importyorlari uyushmasi tashkil etilishi haqida yozgandi.