Toyota subbrendi Daihatsu 10 dona noyob krossover chiqardi

4-avgust 2025 09:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota subbrendi Daihatsu 10 dona noyob krossover chiqardi / Foto: Carcoops/ Manba: Daihatsu

Toyota subrendi Daihatsu kompaniyasi Indoneziyadagi Gaikindo avtosalonida yangi Rocky Limited Edition modelini taqdim etdi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Model atigi 10 dona ishlab chiqariladi. Bu uni Lamborghini va Ferrari’dan ham kamyob qiladi. Yangi avtomashina oddiy Rocky’dan $260 qimmatroq bo‘lib, uning narxi $15,1 mingni tashkil qiladi.

Foto: Carcoops/ Manba: Daihatsu
Foto: Carcoops/ Manba: Daihatsu
Foto: Carcoops/ Manba: Daihatsu

Kuzovi to‘q sariq rangda, tomi, oynalari, arkalari qora rangda bo‘yalgan. Old bamperlar bo‘yalmagan, panjarasida Daihatsu yozuvi bor. Disklar qora, 16 dyuymli.

Salon qora bezaklar bilan jihozlangan. Unda rul, eshik tutqichlari, shamollatkichlar atrofi va uzatma dastasi mavjud.

Rocky Limited Edition avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: Carcoops/ Manba: Daihatsu

2 ta xavfsizlik yostig‘i, 7 dyuymli mediaekran, raqamli panel va mato qoplamali o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Texnikasi o‘zgarmagan. 1,2 litrli, 87 ot kuchiga ega motor, variator va old g‘ildirakdan harakat.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning olti oyida Toyota sotuvi rekord darajaga chiqqani haqida yozgan edi.

Toyota avtomobillariga Yaponiya, Xitoy va AQShda katta talab kuzatildi. Kompaniyaning Yaponiyadagi sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,4 foizga oshdi. AQShda esa avtomobillarga bo‘lgan talab keskin ortgan. Sotuvlar oshishi import boji joriy etilishidan biroz avval yuz berdi.

Honda hamda Nissan kompaniyalari ko‘rsatkichlarining pasayishi fonida ishlab chiqarishni barqaror oshirishni ta’minladi.

Shuningdek