Vivo X300 yangi 200 MP kamera va kuchli protsessor bilan taqdim etiladi

Yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan Vivo X300 flagman smartfoni Samsung’ning ilg‘or 200 megapikselli ISOCELL HBP kamerasi bilan jihozlanadi. Bu haqda Android Headlines ma’lum qildi.
Ushbu sensor oldingi Vivo X200’dagi 50 MP Sony IMX921’ga qaraganda kattaroq bo‘lib, past yorug‘likda yaxshiroq suratlar olish va yuqori darajadagi detallilikni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, smartfon 50 MP periskop modulli teleobyektiv bilan ham taqdim etilishi mumkin. Bu esa uzoq masofadagi obyektlarni sifatli suratga olish imkonini beradi.
Vivo X300 MediaTek’ning zamonaviy Dimensity 9,5 ming chipi bilan ishlaydi. U yuqori tezlik, samaradorlik va sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Yangi flagman suratga olish sifati, kuchli texnik ko‘rsatkichlari va kamera innovatsiyasi bilan ajralib turadi va bozorda jiddiy raqobatchiga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo Y400 5G smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edik.