AQSh turizm vizaga $15 minggacha garov talab qilishi mumkin

eʼlon qilindi
2025-yil 20-avgustdan boshlab
AQSh turizm vizaga $15 minggacha garov talab qilishi mumkin / Foto: Travelobiz

AQSh hukumati 2025-yil 20-avgustdan boshlab yangi tajriba dasturini ishga tushirmoqda. Bu dasturning asosiy maqsadi vizasi muddati tugaganidan so‘ng mamlakatda qolib ketayotgan xorijliklar sonini kamaytirishdir, deya yozmoqda Reuters.

Yangi tartibga ko‘ra, ayrim davlatlardan keluvchi sayyohlar va ishbilarmonlardan $5 mingdan $15 minggacha garov puli talab qilinishi mumkin. Konsullik xodimlari bu garovni talab qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida o‘zlari qaror chiqaradi. Garov muddati tugagach viza shartlariga amal qilganlarga pul qaytariladi.

Garov talabi vizani buzish hollari yuqori bo‘lgan davlatlar yoki tekshiruv va xavfsizlik ma’lumotlari yetarli bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan joriy etiladi. Bu tartib, asosan, Chad, Eritreya, Myanma, Yaman hamda ayrim Afrika davlatlarining fuqarolariga tegishli bo‘lishi mumkin.

AQSh Turizm Assotsiatsiyasi hisob-kitobiga ko‘ra, bu dasturning ta’siri cheklangan bo‘lib, atigi 2 ming nafar arizachiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 1-oktabrdan boshlab, barcha vaqtinchalik viza oluvchilar uchun $250 miqdorida «viza tozaligi to‘lovi» ham joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uyda $200 millionlik bal zali qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek