AQShda 300 mingdan ortiq Kia avtomobili kuzov nuqsonlari sabab chaqirib olinmoqda

eʼlon qilindi
Ikki model uchun
kia
AQShda 300 mingdan ortiq Kia avtomobili chaqirib olinmoqda / Foto: Kia

Kia kompaniyasi AQShda 300 mingdan ortiq avtomobillarni kuzov qismidagi nuqsonlar sabab chaqirib olish kampaniyasini boshladi. Bu haqda AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Kompaniya quyidagi modellarni qamrab oladi:

  • Kia Telluride (2022 – 2024-yillar);
  • Kia K5 (2023 – 2025-yillar).

Telluride modellarining 201 ming donasida eshiklardagi plastik bezaklar yomon yopishtirilgani aniqlangan. Yetkazib beruvchi Saedong kompaniyasi noto‘g‘ri yelim ishlatgan. Shu sababli bezak yo‘l harakati vaqtida ajralib tushishi mumkin.

Kia ushbu avtomobillarga yangi, kuchliroq yelim bilan mustahkamlangan bezaklarni bepul o‘rnatadi. Bu qismlar 2024-yil sentabrdan keyingi avtomobillarda allaqachon mavjud. Avtomobil egalari 2025-yil 26-sentabrdan boshlab xabarnomalar oladi.

Kia K5 sedanlarining 100 ming donasida esa C-ustun bezaklarida yelim kam ishlatilgani aniqlangan. Bu mashinalar 2022-yil oktabridan 2024-yil iyulgacha ishlab chiqarilgan. Yetkazib beruvchi – Keumgang Chemical.

Muammo bartaraf etiladi, defektli qismlar yangisiga bepul almashtiriladi. Xabarnomalar sentabr oxiridan yuborila boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia Carens Clavis elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek