
Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida migrantlarni o‘zaro qaytarish bo‘yicha yangi kelishuv kuchga kiradi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Fransiya La-Manch bo‘g‘ozi orqali kichik qayiqlarda Britaniyaga yetib kelgan hujjatsiz migrantlarni ortga qabul qilishga rozi bo‘ldi. Buning evaziga Britaniya Fransiyada yashayotgan va Britaniyada oilaviy aloqalari mavjud bo‘lgan qonuniy boshpana izlovchilarning ayni miqdorini qabul qiladi.
Kelishuv seshanba kuni ratifikatsiya qilindi va yaqin kunlarda amalda qo‘llanishi kutilmoqda. Britaniya Ichki ishlar vazirligi dastlab haftasiga 50 nafargacha migrantni qaytarishni rejalashtirgan. Bu yiliga 2, 6 ming kishiga teng bo‘lib, 2024-yilda qayd etilgan 35 mingdan ortiq noqonuniy keluvchilarga nisbatan ancha kam.
2025-yil boshidan beri Britaniyaga 25 mingdan ortiq migrantlar qayiqda kirgani qayd etilgan. Yangi tartib bu oqimni cheklashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻarbning 15 davlati Falastinni davlat sifatida tan olish bo‘yicha qo‘shma bayonot bergani haqida yozgan edik.