Avto

Elektromobil bozorida Xitoyning CATL va BYD kompaniyalari yetakchilik qilmoqda

2025-yilning birinchi yarmidagi statistikaga ko‘ra
Elektromobil bozorida Xitoyning CATL va BYD kompaniyalari yetakchilik qilmoqda / Foto: Elektrek

2025-yilning birinchi yarmida Xitoyning CATL kompaniyasi elektromobillar uchun akkumulyatorlar bozorida yetakchilikni mustahkamlab, ulushini 37,9% ga yetkazdi. Uning orqasidan BYD kompaniyasi 89,9 GVt/soat hajm bilan 17,8% bozor ulushini egalladi, deya xabar bermoqda IT Home nashri.

Janubiy Koreyaning LG, SK On va Samsung SDI kompaniyalari esa umumiy 16,4% bilan ortga qolmoqda. Ayniqsa, Samsung SDI ulushi 3,2% gacha pasaydi.

Foto: SNE Research/CnEVPost

SNE Research va CABIA ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda faqat CATL va BYD bozorning 66,6% qismini egallab turibdi. Bu esa Xitoyning elektromobil akkumulyatorlari sanoatidagi global ustunligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei’ning Maextro S800 sedani 10 mingdan ortiq buyurtmalar olgani haqida xabar bergan edik.