Grand Mir Hotel mehmonxonasi buzilishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Ba’zi OAV ma’lumotlariga ko‘ra, buzilish sentabr oyida boshlanadi
Foto: Yandex

Toshkentdagi Grand Mir Hotel (sobiq «Rossiya») mehmonxonasi buzilishi rejalashtirilmoqda. Bu ma’lumotni mehmonxonaning o‘zi Kursiv Uzbekistan’ga tasdiqladi.

Kursiv Uzbekistan muxbir bilan suhbatda bo‘lgan mehmonxona xodimining ta’kidlashicha, buzish ishlarining aniq muddati hozircha noma’lum va bino o‘rnida nima bo‘lishi ham noma’lum.

Podrobno.uz saytining Design Factory arxitektura kompaniyasi vakili Shavkat Abdullayevga tayanib xabar berishicha, bino sentabr oyida buzilishi rejalashtirilgan.

Politik.uz nashrining yozishicha, Design Factory Sarıkoc xolding tarkibiga kiradi. Ushbu xolding Tashkent City va Akfa universitetida mehmonxona va Hilton kongress-xollini qurgan Koç Construction kompaniyasiga ham egalik qiladi.

Abdullayevning qo‘shimcha qilishicha, mehmonxona o‘rnida biznes markazi va bir nechta yangi binolar bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati uch yil.

Shahar hokimiyati Podrobno.uz’ga bino xususiy mulk ekanini aytdi, Mirobod tumani hokimligi esa bino egasi qonunga muvofiq obyektni tasarruf etishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek