Avto

Huawei MatePad Pro 2026 plansheti kompyuter ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Gadjet planshet va noutbuklar o‘rtasida to‘liq integratsiya qilinadi
Huawei MatePad Pro 2026 kompyuter ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi yangi MatePad Pro 2026 planshetlarini kompyuter interfeysiga o‘xshash tizim bilan taqdim etadi. Bu haqda Notebookcheck nashri ma’lum qildi.

Ushbu seriya HarmonyOS operatsion tizimi asosida ishlaydi va MateBook noutbuklaridagi ilovalar bilan to‘liq mos bo‘ladi.

Kompaniya planshet va noutbuklar o‘rtasida to‘liq integratsiyani rejalashtirmoqda. Bu imkoniyat HarmonyOS 6’ning yakuniy beta-versiyasidan so‘ng ishga tushiriladi.

Foto: Huawei

Yangi seriyada 13,2 va 12,2 dyuymli modellardan tashqari, 14,2 dyuymli OLED ekranli versiya ham taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq Kirin 9 chipi hali ham hisoblash quvvatida M5 platformasidan ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Pura 80 Pro smartfonining kamerasi test qilingan edi.