Kam ta’mir talab beshta oilaviy avtomobil e’lon qilindi

5-avgust 2025 13:05 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Toyota RAV4. Foto: autoexpert.com.au

GOBankingRates va Kelley Blue Book xalqaro xizmatlari ekspertlari qulaylik, chidamlilik va arzon texnik xizmat xarajatlarini o‘zida mujassam qilgan besh modelni ma’lum qildi.

Toyota RAV4

Yapon avtomobil sanoatining yetakchisi bo‘lgan Toyota’ning ushbu modeli 2025-yilgi Consumer Reports reytingida doimiy ravishda eng ishonchli mashinalar qatorida qayd etilgan. Ayniqsa, 2019–2023-yillarda chiqarilgan modellari sodda elektronika va arzon ehtiyot qismlar bilan ajralib turadi.

«RAV4 juda ishonchli. Uning ehtiyot qismlari oson topiladi, xizmat ko‘rsatish esa arzon. Ustalar bu mashina bilan qimmat diagnostika uskunalarisiz ham ishlay oladi», — deydi Cash Auto Salvage hammuassisi Mark Skirvin.

Honda CR-V

Honda CR-V. Foto: commons.wikimedia.org

Bu ixcham krossover Toyota RAV4’ning asosiy raqobatchisi sanaladi. Ekspertlarning fikricha, ayniqsa 2017 – 2022-yillardagi modellari chidamli. Utilizatsiya kompaniyalari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu avtomobillarning atigi besh foizi dvigatel yoki transmissiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Ko‘pchilik CR-V modellari faqat avtohalokat yoki suv toshqinlari tufayli buzilgan, texnik nosozliklar sabab emas.

Honda Odyssey

Honda Odyssey. Foto: commons.wikimedia.org

Ushbu modelning 3,5 litrli V6 dvigateli va silindrlarni o‘chirib turuvchi tizimi uni iqtisodiy va qulay oilaviy avtomobilga aylantiradi. German Car Depot kompaniyasi asoschisi Alan Gelfand shunday deydi.

«Bu modelda suriladigan eshiklarning yo‘naltiruvchilari va tasmali uzatmali osma uskunalar juda mustahkam bo‘lib, avtoservisga kutilmagan tashriflarning oldini oladi».

Toyota Sienna

Toyota Sienna. Foto: commons.wikimedia.org

Yana bir miniven – Toyota Sienna ishonchli oilaviy mashinalar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Uning gibrid varianti iqtisodiy yonilg‘i sarfi va Toyota’ga xos ishonchlilikni birlashtiradi. e-CVT variatori germetik tuzilmaga ega va texnik xizmat talab qilmaydi. O‘rindiqlar bolalar uchun qulay, orqa o‘rindiqlar esa oson buklanadi, bu esa yuk tashish imkoniyatini oshiradi.

Hyundai Palisade

Hyundai Palisade. Foto: hyundaicfl.com

Uch qatorli o‘rindiqlarga ega oilaviy SUV izlayotganlar uchun Hyundai Palisade yaxshi tanlov bo‘la oladi. Mashhur koreys krossoveri ishonchli avtomobil sifatida o‘zini ko‘rsatgan: uzoq kafolat muddati va zamonaviy funksiyalar bilan ta’minlangan.

«Palisade birinchi yildayoq ishonchli ishlashi va katta kafolat tufayli yaxshi obro‘ qozondi. Uning ichki saloni zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan», – deydi Claimsline xizmatining hammuassisi Endryu Franks.

Bundan avval zangga chidamli Xitoy avtomobillari haqida yozgandik.

Shuningdek