Marhamatdagi maktab o‘qituvchilari ishtirokidagi hashar bo‘yicha chora ko‘rildi

eʼlon qilindi
Holat ortidan maktab direktori lavozimidan ozod etildi
Marhamatdagi maktab o‘qituvchilari ishtirokidagi hashar bo‘yicha chora ko‘rildi / Foto: Videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanidagi 42-maktabda hashar o‘tkazilgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat maktab pedagoglari tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan, deya munosabat bildirdi Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarmasi.

Mazkur maktab 1982-yilda qurilgan, so‘nggi yillarda esa «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida 2,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ta’mirlangan va yangilangan. Bugungi kunda bu yerda 1236 nafar o‘quvchiga 74 nafar ustoz ta’lim bermoqda.

Hashar holati yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan: o‘qituvchilarni majburiy ishga jalb qilmaslikka e’tibor qaratilmagani sababli maktab direktori lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat organlarida ijro intizomi ustuvor vazifaga aylantirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek