Yangiliklar

Mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalariga 33 mlrd so‘mlik QQS qaytarildi

Kafe va restoranlar uchun soliq keshbek dasturi 2025-yil boshidan amal qilmoqda
Foto: Unsplash

2025-yil 5-avgust holatiga respublikadagi umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar, turoperatorlar va chorvachilik xo‘jaliklariga 33 mlrd so‘mlik QQS qaytarildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi.

Kafe va restoranlar uchun soliq keshbek dasturi 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon mazkur dastur tufayli 500 dan ortiq muassasa 24,6 milliard so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib olishga erishdi.

Mehmonxonalar va turoperatorlar uchun shunga o‘xshash dastur 2024-yil 10-oktabrdan boshlab amal qiladi. Bu vaqt ichida 33 ta sayyohlik kompaniyasi imtiyozdan foydalanib, 1,3 mlrd so‘mlik QQSni qaytarib oldi. Yana 6 mlrd so‘mni 133 ta mehmonxona oldi.

Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQS keshbek dasturi 2025-yil 1-apreldan boshlab amal qila boshladi. To‘rt oyda ular 1,2 mlrd so‘m olishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan go‘sht narxi oshib ketmasligi uchun QQSning yarmi keshbek qilib qaytarilishi haqida xabar bergan edi.