
Nukus shahrida fuqaro farzandining ta’minoti uchun 2,270 mlrd so‘mdan ortiq aliment mablag‘ini oldindan to‘ladi. Bu haqda MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudi qaroriga asosan, fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi kerak edi. MIB Nukus shahar bo‘limi ijrochilari bu ishni nazoratga olib, qarzdorga alimentni oldindan to‘lash imkoniyati borligini tushuntirdi.
Natijada kelgusi 13 yil uchun hisoblab chiqilgan 2,2 mlrd so‘mlik aliment mablag‘i bir yo‘la to‘lab berildi. Sobiq turmush o‘rtog‘i bu mablag‘ni olganini tasdiqlab, tilxat taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aliment to‘lovlari miqdorini qayta ko‘rib chiqish taklif etilgan edi.