O‘zbekiston va BMT o‘rtasida yangi besh yillik dastur imzolanishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
O‘zbekiston va BMT o‘rtasida yangi besh yillik dastur imzolanishi kutilmoqda. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston BMT bilan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yangi besh yillik dasturni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligida 160 ta qo‘shma loyiha va dastur amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida 13 ta rezolyutsiya qabul qilingan. Shuningdek, Toshkentda «BMT-Ayollar» tashkilotining vakolatxonasi ochildi.

Davlat xizmati masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum ham hamkorlikda o‘tkazildi. Hozirda esa Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Global barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indeksida dunyodagi eng ilg‘or beshta davlat qatoriga kirdi. BRMga erishish nuqtayi nazaridan BMT bilan hamkorlik bo‘yicha yangi besh yillik dastur imzolanishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud loyihalarni kengaytirish va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev «Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ordeni bilan taqdirlangani haqida yozgandik.

Shuningdek