O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 3,4 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilga nisbatan 158,6 ming nafarga ko‘p
O‘zbekistonga tashrif buyurgan turkiyaliklar soni qariyb 60 foizga oshdi
Foto: Unsplash

Joriy yilning dastlabki yarmida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 3,4 baravarga oshib 223,6 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 158,6 ming nafarga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra, qo‘shni Afg‘onistondan kelganlar soni keskin oshib, ushbu davlat o‘tgan yilgi uchinchi pog‘onadan, bu yil birinchi pog‘onaga chiqqan. Olti oy ichida bu davlatdan 207 mingdan ortiq fuqaro tijorat maqsadida O‘zbekistonda bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (12,2 ming), Turkmaniston (1,6 ming), Rossiya (451), Turkiya (276) va Qozog‘iston (255) fuqarolari qayd etilgan.

Shuningdek, boshqa davlatlardan ham 1,1 mingdan ortiq mehmonlar biznes safarlari bilan mamlakatga tashrif buyurgan.

O‘tgan yilning shu davrida tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 65 ming nafarni tashkil etgandi. Tashriflarning asosiy qismini qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston fuqarolari tashkil qilgan. Unga ko‘ra, Turkmanistondan 37,9 ming, Tojikistondan 21,5 ming va Afg‘onistondan 1,5 ming nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgandi.

Shu yilning olti oyida Afg‘onistondan tijorat maqsadida kelganlar soni qariyb 132 baravarga oshgan. Ushbu keskin oshishga Termizda Afg‘oniston fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatuvchi xalqaro savdo markazi ochilgani sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek