Samarqandda Nurobod texnoparki tashkil etiladi

eʼlon qilindi
$1,1 milliardlik
Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida Nurobod texnoparki nomli maxsus sanoat zonasi barpo etiladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Texnopark Nurobod tumanining Sazag‘on massivida joylashgan 115,3 gektar bo‘sh yer maydonida tashkil etiladi. Bu hudud ilgari «Urgut» erkin iqtisodiy zonasiga tegishli bo‘lgan.

Tashabbus doirasida $1,1 milliardga teng xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 5 mingdan ortiq yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, New Vision Investment Development xorijiy kompaniyasi ushbu sanoat zonasini boshqaruvchi sifatida belgilandi. Quriladigan ishlab chiqarish binolari 3-4 qavatli bo‘lib, ularda ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari joriy etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zomin texnoparkida ilk korxona ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek, Samarqandda 12 million dollarlik zamonaviy avtovokzal ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek