
Samsung yangi One UI 8 grafik interfeysini kengaytirilgan qurilmalar ro‘yxatida sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu tizim allaqachon Galaxy Z Fold7, Flip7 va Flip7 FE modellari bilan debyut qilgan.
Keyingi model — Galaxy S25 FE — One UI 8 bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqariladi. Biroq kompaniya oldin chiqarilgan 33 ta smartfon va 6 ta planshet uchun yangilanish ustida ish olib bormoqda.
Smartfonlar
Galaxy S seriyasi | Galaxy A seriyasi | Galaxy Z seriyasi | Galaxy M va F seriyasi |
---|---|---|---|
S25, S25+, S25 Ultra | A56, A55, A54, A53 | Z Flip6, Z Fold6 | M36, M35 |
S25 Edge | A36, A35, A34, A33 | Z Flip5, Z Fold5 | F34, F15 |
S24, S24+, S24 Ultra | Z Flip4, Z Fold4 | ||
S24 FE | |||
S23, S23+, S23 Ultra | |||
S23 FE | |||
S22, S22+, S22 Ultra |
Planshetlar
Galaxy Tab seriyasi |
---|
Tab S10, S10+, S10 Ultra |
Tab S9, S9+, S9 Ultra |
Final versiyaning tarqatilishi sanasi hozircha noma’lum, lekin quyidagi qurilmalar yangilanishni birinchi bo‘lib oladi.
Samsung One UI 8 bilan qurilmalar dizayni, interfeys tezligi va AI funksiyalarida sezilarli o‘zgarishlar kiritishni va’da qilmoqda. Yangilanish rasmiy chiqishi yaqin orada kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekkistan nashri Samsung One UI 8’da yuklovchini bloklagani sababi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.