Sea Breeze loyihasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

Kecha, 4-avgust kuni Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga kiritildi. Bu haqda ochiq ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.

Ustav fondi 400 million so‘m etib belgilangan. Kompaniya ikki teng ulushli sherik – Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi va o‘zbekistonlik biznesmen Ulug‘bek Maxmudov tomonidan tashkil etilgan. Direktorlik lavozimi esa Xamidov Sardor Sandjarovichga topshirilgan.
Maxmudov ilgari «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasida rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u bir necha yirik kompaniyalarda ulushga ega, jumladan, Sunshine Invest (0,53%), New Time-Projects (100%) va Breeze Development (50%).
Breeze Development kompaniyasi iyun oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, iyul oxirida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu kompaniya ham 400 million so‘mlik ustav fondiga ega bo‘lib, asosiy yo‘nalishi – turarjoy binolari qurilishi. Uning ta’sischilari ham Agalarov Development va Maxmudov hisoblanadi. Direktorlikka Sultanxodjayev Nabi Xabibulloyevich tayinlangan.

Qiziq tomoni shundaki, Sea Breeze Uzbekistan va Breeze Development korxonalarining yuridik manzili bir xil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik mahallasi, S-2, Oloy dahasi, 5-uy. Aynan shu manzilda yangi savdo ofisi ham joylashgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri Sea Breeze Uzbekistan loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingani haqida yozgandi.
Vazirlik atmosferaning ifloslanishi, tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish va fuqarolarning salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.
Shuningdek, vazirlik jamoatchilik bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirib, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini qayd etdi.