Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Irakliy Kobaxidze bilan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmanistonga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda joriy yilning mart oyida Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Xususan, ikki davlat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalar faollashgani, tashqi ishlar hamda iqtisodiyot vazirlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazilgani qayd etildi.

Tomonlar kelgusida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, elektr texnikasi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq va kelishilgan chora-tadbirlarni ko‘rish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va BMT o‘rtasida yangi besh yillik dastur imzolanishi kutilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek