Shavkat Mirziyoyev «Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ordeni bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Turkmanistonda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida Turkmanistonning «Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Ushbu mukofotni O‘zbekiston va uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning e’tirofi sifatida qabul qilaman», — dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, amaldagi prezident Serdar Berdimuhamedov hamda butun turkman xalqiga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkmanboshi shahriga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgani haqida yozgandi.

Shuningdek