Shvetsiya, Norvegiya va Daniya NATO orqali Ukrainaga qurol yetkazib beradi

eʼlon qilindi
Daniya $90 mln, Norvegiya $146 mln, Shvetsiya esa $275 mln
Shvetsiya, Norvegiya va Daniya NATO orqali Ukrainaga qurol yetkazib beradi / Foto: Reuters

Shvetsiya, Norvegiya va Daniya NATO boshchiligidagi tashabbus orqali Ukrainaga AQSh qurollarini, jumladan, Patriot raketalarini yetkazib berish uchun qariyb $500 mln ajratadi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur mablag‘ Ukraina mudofaasi va NATO bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Norvegiya Mudofaa vaziri Tore O. Sandvik bu yordam Ukrainaga zarur jihozlarni tezda yetkazish hamda NATO doirasida hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilganini bildirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu chorani Yevropaning uzoq muddatli xavfsizligi uchun muhim qadam, deya baholadi.

Daniya zudlik bilan $90 mln ajratishini bildirdi, Norvegiya esa $146 mln, Shvetsiya esa $275 mln bilan ishtirok etadi. Paket Patriot raketalari, havo hujumidan mudofaa vositalari va tankka qarshi qurollarni o‘z ichiga oladi.

NATO Bosh kotibi Mark Rutte uch davlatning tezkor yordamini yuqori baholadi. Ushbu tashabbus Yevropa va Kanada tomonidan moliyalashtiriladigan $500 mlnlik paketlar asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar qanday o‘tgani haqida yozgan edik.

Shuningdek