Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari qancha: qo‘llanma va narxlar

5-avgust 2025 11:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Avtomobil xarid qilish – mas’uliyatli jarayon. Shunchaki pul to‘lab mashina olish yetarli emas. Uni qonuniy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish ham muhim bosqich hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan nashri avtomobilni rasmiylashtirish to‘lovlari va harakatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatadi.

Ushbu maqola orqali quyidagilarni bilib olasiz:

Birinchi bosqich

Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt / Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Siz yangi mashina olyapsizmi yoki ishlatilganini – bu katta farq qiladi. Ishlatilgan mashinani sotib olayotganda notarius orqali shartnoma rasmiylashtirish majburiy. Bu yerda sizdan davlat bojlari, gerb yig‘imi, huquqiy maslahat va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar olinadi.

Ikkinchi bosqich

Mashinani Transport nazorati inspeksiyasi (TNI)da ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Avtomobilingizni rasmiylashtirishda texpasport, raqamlar va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun alohida to‘lovlar mavjud. Esda tuting: ishlatilgan mashinada raqamni almashtirish ham majburiy bo‘lib qolgan.

Uchinchi bosqich

Rasm Sora SI yordamida yaratilgan

Mashina qanday sotib olingani bilan qiziqing. Ayni davrda avtoulovlar kredit, lizing, nasiya kabi turlarga qarab xarid qilingan bo‘lishi mumkin. Kreditga olingan avtomobil uchun notarial to‘lovlar miqdori yuqoriroq bo‘ladi. Chunki bunday holatda davlat boji 10% ko‘tariladi.

To‘rtinchi bosqich

Aksariyat hollarda mashina egalari zaxiradagi haydovchini shakllantirish uchun yaqin qarindoshlari yoki tanishlariga ishonchnoma rasmiylashtirishi mumkin. Bunday ishonchnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lsangiz, bu arzonroq turadi. Boshqa odamlarga esa to‘lov ko‘proq bo‘ladi. Har qanday ishonchnoma uchun ham gerb yig‘imi va xizmat to‘lovlari bor.

Beshinchi bosqich

Chevrolet Onix
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

To‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkin? Albatta, bunday to‘lovlarni elektron xizmatlar orqali amalga oshirish qulayroq. Chunki kassasida ko‘proq komissiya olinishi mumkin.

Avtomobilni rasmiylashtirishda to‘lov masalasiga e’tiborli bo‘lish katta ahamiyatga ega. Barcha to‘lovlar BHM, ya’ni bazaviy hisoblash miqdori asosida hisoblanadi. 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, BHM 412 000 so‘mni tashkil qiladi. TNIdagi to‘lovlar esa qat’iy belgilangan va odatda bank ilovalari orqali orqali amalga oshirilganda, komissiyasiz yoki arzonroq bo‘ladi.

Narxlar

Chevrolet Tracker
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Ishlatilgan avtomobilni rasmiylashtirish (benzin) – TNIdagi xarajatlar

Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Ro‘yxatdan o‘tkazish2 818 080
Texpasport288 400
Yangi raqamlar1 442 000
Jami TNI to‘lovi4 548 480

Notariusdagi xarajatlar

Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Notarial to‘lov (3 BHM)1 236 000
Gerb yig‘imi (10% BHM)41 200
Tekshirish (15% BHM)61 800
Konsultatsiya (5% BHM)20 600
Shartnoma tayyorlash (10% BHM)41 200
Jami notarius to‘lovi1 400 800

Eski avtomobilni jami rasmiylashtirish narxi 5, 9 mln so‘mni tashkil etadi.

Yangi avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari:

TNIdagi xarajatlar (benzin):

Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Ro‘yxatdan o‘tkazish2 818 080
Texpasport288 400
Raqamlar1 442 000
Jami4 548 480

TNIdagi xarajatlar elektromobil uchun:

Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Ro‘yxatdan o‘tkazish618 000
Texpasport288 400
Raqamlar1 442 000
Jami2 348 400

Notarius to‘lovlari

Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Asosiy to‘lov (3 BHM)1 236 000
Gerb yig‘imi (10%)41 200
Tekshiruv (15%)61 800
Konsultatsiya (5%)20 600
Shartnoma tayyorlash (10%)41 200
Jami1 400 800

Ishonchnoma narxlari:

Ishonchnoma berishda esa kimga rasmiylashtirilayotganiga qarab to‘lov miqdori farq qiladi. Yaqin qarindoshlarga berilgan ishonchnomalar ancha arzon, boshqa shaxslarga esa qimmatroq tushadi.

Ishonchnoma turiAsosiy to‘lov (so‘m)
Qarindosh (boshqaruv huquqi bilan)206 000
Boshqa shaxs (boshqaruv huquqi bilan)824 000
Qarindosh (faqat sotish huquqi)103 000
Boshqa shaxs (faqat sotish huquqi)206 000
Xarajat turiMiqdori (so‘m)
Gerb yig‘imi (10%)41 200
Tekshiruv (15%)61 800
Konsultatsiya (5%)20 600
Shartnoma tayyorlash41 200

Shuningdek, transport vositalari bilan bog‘liq xizmatlari narxlari quyidagicha:

Xizmat turiBHM (miqdori)Narxi (so‘m)
Avtomobil raqamlari3,5 BHM1 442 000
Texpasport0,7 BHM288 400
Tranzit raqamlari0,25 BHM103 000
Yaroqsiz raqamlar o‘rniga yangisi (1 juft)1 BHM412 000
Yaroqsiz raqam (1 dona)0,5 BHM206 000
Hisob-faktura0,1 BHM41 200
Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish6,84 BHM2 818 080
Texpasport dublikati1 BHM412 000
Texnik ko‘rik (avto)0,1 BHM41 200
Texnik ko‘rik (moto)0,05 BHM20 600

Eng muhimi, mashinani olgan kundan boshlab 10 kun ichida rasmiylashtirishni unutmaslik kerak. Aks holda jarima solinishi mumkin.

Shunday ekan, mashina xarid qilganingizda faqat narxini emas, uni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi xarajatlarni ham hisobga oling. Bu sizga ortiqcha muammo va vaqt yo‘qotmaslikda yordam beradi.

Avvalroq Chevrolet Onix avtomobilining texnik xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari, xizmat xarajatlari haqida batafsil ma’lumot bergan edik.

Shuningdek