Sun’iy intellekt tufayli yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar e’lon qilindi – ro‘yxat

eʼlon qilindi
Ro‘yxatga hattoki o‘qituvchilar va kitob mualliflari ham kiritilgan
Yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb e’lon qilindi. Foto: marieclaire

Microsoft olib borgan yangi tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) eng ko‘p xavf ostiga qo‘yadigan 40 ta kasb aniqlandi.

Mazkur ma’lumotlarni taqdim etish uchun kompaniya yuzlab kasblarni tahlil qilib, ularga SI qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi.

«Bizning tadqiqotimiz SI chat-botlari aynan qaysi kasb toifalarida samarali ishlatilishi mumkinligini o‘rgandi. Tadqiqotimizda SI ko‘plab vazifalarda yordam bera olishini ko‘rsatadi, biroq u butunlay mustaqil kasbni egallay oladi degani emas», – deydi katta ilmiy xodim Kiran Tomlinson.

O‘zining sun’iy intellekt modeliga ega kompaniya tizim matn yozish va tadqiqot materiallarini yig‘ish sohalarida samarali ishlashini ta’kidladi. Tadqiqot davomida har bir kasb uchun SI qo‘llash ko‘rsatkichi ishlab chiqildi va eng yuqori natijalar aynan shu ikki ko‘nikma bo‘yicha qayd etildi.

«Eng yuqori SI qo‘llanish ko‘rsatkichlari kompyuter va matematik sohalar, ofis va ma’muriy yordam, shuningdek, ma’lumot uzatish va yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo kasblarida kuzatildi», – deyiladi tadqiqotda.

Mazkur tadqiqot AQShda o‘tkazilgan va unda SI bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi 200 mingta suhbat tahlil qilingan.

Bundan avval AQSh kompaniyalari SIga katta sarmoya yo‘naltirayotgani ortidan xodimlarni ishdan bo‘shatayotgani haqida yozgandik.

Shuningdek