Talabalar yotoqxonasiga ustuvorlik asosida qabul qilinadigan toifalar belgilandi
eʼlon qilindi
Arizalar 1-avgustdan qabul qilinadi

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki alohida yutuqlarga erishgan talabalar turarjoylariga ustuvorlik asosida joylashtiriladi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar yotoqxonalarga birinchi navbatda qabul qilinadi:
- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, yetimlar hamda ota-onasining g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan talabalar;
- Ijtimoiy himoya yagona reyestri, «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
- Bir oiladan ikki yoki undan ortiq shartnoma asosida o‘qiyotgan kunduzgi bo‘lim talabalari;
- Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
- «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari;
- «Zakovat» intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari;
- Yotoqxonada qavat sardori yoki talabalar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan talabalar.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgustdan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo‘ljallangan turarjoylarga joylashish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.