Umra reklamasi bo‘yicha litsenziyasiz ishlagan uchta turfirma jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Sakkizta kanal va ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt egalari ma’muriy javobgarlikka tortilgan
Umra
Umra reklamasi bo‘yicha litsenziyasiz ishlagan uchta turoperator jarimaga tortildi / Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan

Navoiy va Samarqand viloyatlarida faoliyat yurituvchi A-Hello, Rayxona Tour va SM Tower Tour firmalari litsenziyasiz Umra safarlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur turoperatorlar zarur litsenziyasiz Haj xizmatlarini taklif etgan. Shu sababli ular ustidan reklamaga oid qonunbuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, Telegram kanali va Instagram sahifalarida Umraga oid noqonuniy reklama bergan sakkizta fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Avvalroq Umra mavsumi avgust oyida boshlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek