Uzum Tezkor brendini o‘g‘irlagan tadbirkor 94 million so‘mga tushdi

eʼlon qilindi
«Uzum tezkor» MCHJ tovar belgisi buzilganini isbotladi
Uzum Tezkor brendini o‘g‘irlagan tadbirkor 94 million so‘mga tushdi / Foto: Intellektual mulk departamenti

Tadbirkorlik subyektlarining mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida sud qonun buzgan MChJdan 94 mln so‘m miqdorida tovon puli undirilishini belgiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu kompaniya Uzum tezkor MCHJga tegishli «Uzum tezkor” va «Uzum food» brendlariga o‘xshash belgidan noqonuniy foydalangan.

«Uzum tezkor» MCHJ sudga murojaat qilib, tovar belgisi buzilganini isbotladi. Natijada sud 75 mln so‘m tovon puli, qolaversa, davlat bojlari va boshqa xarajatlarni qoplash uchun jami 94 mln so‘m undiruv qarorini chiqardi.

Mutasaddilar barcha tadbirkorlarni o‘z brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga va huquqbuzarlik holatlarida Adliya vazirligiga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Qodirov 100 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek