AQSh Oyga yadro reaktori yuborishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
2030-yilga qadar
AQSh Oyga yadro reaktori yuborishni rejalashtirmoqda / Foto: Grok

NASA rahbarining vaqtincha vazifasini bajaruvchi Shon Daffi AQSh Oyga birinchi bo‘lib yadro reaktorini yetkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Oyda barqaror baza qurish va strategik hududni egallash uchun zarur. Reaktor quvvati 100 kilovatt bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha uchun yuz millionlab dollar sarflangan.

Daffining ta’kidlashicha, Oyda muhim manbalar — muz va quyosh nuri mavjud bo‘lgan eng qulay hudud mavjud bo‘lib, AQSh ushbu hududni «Amerika uchun» egallamoqchi. NASA 2030-yilga qadar ushbu reaktorni koinotga uchirishni mo‘ljallamoqda.

Rossiya va Xitoy ham Oyda AES qurishni rejalashtirayotganini inobatga olgan holda, AQSh bu borada peshqadam bo‘lishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya 2045-yilgacha Oyga baza qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek