Avtomobilga tonirovka qilish narxlari qanday

6-avgust 2025 17:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Malibu
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

2025-yilda avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) narxi qancha? Qaysi hollarda tonirovka bepul qo‘yiladi? Atermal (quyoshdan himoyalovchi) plyonkalarga ruxsat bormi? Ruxsatnomasiz tonirovka uchun qanday jarimalar belgilangani va texnik masalalarda eng ko‘p beriladigan savollarga javob beramiz.

Agar avtomobil oynalarini qoraytirishni (tonirovka) rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, quyidagi savollarga oldindan javob topish muhim:

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

2022-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekiston haydovchilari orqa yarim shar (ya’ni orqa yon oynalar va orqa oynani) ruxsatnomasiz va bepul qoraytirishlari mumkin. Bu qismni 100% gacha qoraytirishga hech qanday cheklov yo‘q.

Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan, ayniqsa kechasi yaxshi ko‘rinishni ta’minlash uchun sifatli brend plyonkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:

  • LLumar
  • Xpel
  • Glass Tint

Bu turdagi plyonkalar qimmatroq bo‘lsa-da, quyosh nurlanishini kamaytirib, avtomobil ichida salqinlikni saqlab qoladi.

Old eshik oynalari va atermal plyonka: Ruxsat bormi?

Old eshik oynalarini qoraytirish mumkin, ammo ruxsatnoma asosida. Ruxsat olish sharti bilan bu oynalarga 30% gacha qoraytiruvchi plyonka (zavod tonirovkasini hisobga olgan holda) qo‘yilishi mumkin.

Old oynani qoraytirish taqiqlangan, biroq shaffof quyoshdan himoyalovchi (atermal) plyonkani yopishga ruxsat beriladi. Bu himoya plyonkalar ultrabinafsha nurlarni to‘sib, salonda haroratni pasaytiradi, ammo ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Agar haydovchi belgilangan me’yordan chetga chiqqan holda oynalarni qoraytirsa yoki ruxsatnomasiz tonirovkadan foydalansa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq jarima belgilanadi. Aniq miqdor o‘zgargan bo‘lishi mumkin, shuning uchun YPX inspektorining ogohlantirishi yoki my.gov.uz‘dagi yangiliklarni kuzatib borish lozim.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Ruxsatnoma qanday olinadi?

Old eshik oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma olish kerak. Uni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. Onlayn arizaga 10% chegirma beriladi. To‘lov amalga oshirilgach, QR-kodli elektron ruxsatnoma olinadi.

Atermal (quyoshdan himoyalovchi) plyonka mumkinmi?

Ha, mumkin. Atermal plyonka shaffof bo‘ladi va ultrabinafsha hamda infraqizil nurlardan himoya qiladi. Lekin, umumiy yorug‘lik o‘tkazuvchanligi kamida 70% bo‘lishi shart (zavod tonirovkasini hisobga olgan holda).

Misollar:

  • Chevrolet Malibu / Equinox – zavodda 25% qoraytirilgan.
  • Lacetti – taxminan 15% qoraytirilgan.

Shuning uchun atermal plyonka tanlashda zavod plyonkasini ham hisobga oling. LLumar AIR singari plyonkalar 80–90% o‘tkazuvchanlikka ega va GOST talablari asosida ishlatilishi mumkin.

Avtomobil oynasini qoraytirish narxlari:

Oyna turiNarx (yiliga)Onlayn chegirma (10%)
Orqa oynalarBepul
Old eshik oynalari8 BRV (~3 mln so‘m)~2,7 mln so‘m
Old lobovoe oynaTaqiqlanganFaqat atermal plyonka

Ruxsatnomasiz qoraytirilgan avtomobillar uchun jarima qanday?

Ruxsatsiz tonirovka uchun jarima miqdori — 25 BHM, ya’ni 10 300 000 so‘mni tashkil etadi
(2025-yil holatiga ko‘ra, 1 BHM = 412 000 so‘m).

Agar avtomobil oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan past bo‘lsa va GOST standartlariga javob bermasa, avtomobil maxsus jarima maydonchasiga olib ketiladi.

Avvalroq avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari haqida yozgan edik.

Shuningdek