Donald Tramp o‘zining izdoshi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi

eʼlon qilindi
2028-yilgi prezidentlik saylovlarida
Donald Tramp o‘zining izdoshi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi. Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida hozirgi vitse-prezident Jey Di Vens nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda «RBK» nashri xabar berdi.

«Shubhasiz, bu haqda gapirishga hali erta, lekin u ajoyib ish qilmoqda va hozircha favorit bo‘lishi mumkin», — dedi Tramp.

Bundan avval AQSh davlat kotibi Marko Rubio 2028-yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasidan aynan Vens nomzod bo‘lib chiqishi mumkinligini bildirgandi.

Trampning fikricha, saylov kampaniyasi davomida Rubio va Vens birga harakat qilishi ehtimoldan xoli emas.

2016-yilda Rubio prezidentlik uchun kurashda qatnashgan. The Hill nashrining yozishicha, u yana o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin. Biroq Rubioning o‘zi Tramp hokimiyatda bo‘lgan davrda davlat kotibi lavozimini tark etishni istamayapti. Agar u iste’foga chiqmasa, 2028-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lolmaydi.

Bundan avval Tramp o‘ziga qarshi ochilgan federal ishlarning 75 foizida yutqazgani haqida yozgandik.

Shuningdek