Gadjetlar

Eng arzon va kuchli smartfonlar reytingi e’lon qilindi

smartfonlar
Eng arzon va kuchli smartfonlar reytingi e’lon qilindi / Foto: Stuff

AnTuTu benchmark platformasi 2025-yilning iyul oyi uchun $140 gacha bo‘lgan eng samarali va arzon smartfonlar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu segmentda ham kuchli protsessorlar, tez xotira va 5G qo‘llovi kabi funksiyalar keng tarqalgan.

  1. iQOO Z10x – narxi arzon, quvvati yuqori
Foto: You Tube

AnTuTu reytingining birinchi pog‘onasini egallagan model — iQOO Z10x bo‘ldi. Narxi bor-yo‘g‘i 944 yuan (taxminan $130), lekin u o‘z sinfidagi eng kuchli telefon hisoblanadi. Ushbu model MediaTek Dimensity 7300-Ultra chipsetida ishlaydi va 8GB RAM + 128GB ROM bilan taqdim etilgan. Bu telefon kundalik ishlatishda ham, o‘yin o‘ynashda ham juda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Narxi 1,5-2 mln so‘m

  1. iQOO Z9x – kuchli voris
Foto: IVEDIA

Ikkinchi o‘rinni iQOO Z10x’ning avvalgi modeli — iQOO Z9x egalladi. Bu model hozirda 795 yuanga (taxminan $110) baholanmoqda. U Qualcomm Snapdragon 6 Gen 1 protsessorida ishlaydi va 8GB RAM + 128GB ROM xotira konfiguratsiyasiga ega. Tez ishlovchi va optimallashtirilgan tizimi uni arzon segmentdagi yetakchi telefonlardan biriga aylantiradi.

  1. Honor Play 50 – muvozanatli tanlov
Foto: You Tube

Uchinchi o‘rinda joylashgan Honor Play 50 modeli MediaTek Dimensity 6100+ chipida ishlaydi. U 6GB RAM + 128GB ROM bilan birga 625 yuanga (taxminan $85) sotilmoqda. Model oddiy foydalanish uchun juda mos bo‘lib, ayniqsa, internetda sayr qilish, videolar tomosha qilish va ijtimoiy tarmoqlar uchun ideal tanlovdir. Narxi 3,5-4 mln so‘m

  1. Redmi Note 14 5G – ishonchli budjet flagmani
Foto: Mediapark

To‘rtinchi o‘rinni egallagan Redmi Note 14 5G smartfoni uzoq muddatli foydalanish uchun ishonchli variant. U 6GB RAM + 128GB ROM konfiguratsiyasida taqdim etilgan va kuchli ishlash darajasiga ega. Redmi Note seriyasining yangilangan dizayni, katta batareyasi va MIUI interfeysi bu modelni ishonchli hamrohga aylantiradi. Narxi 2,5-3,5 mln so‘m

  1. Redmi 14C – eng arzon, lekin kuchli
Foto: You Tube

Beshinchi o‘rinni Redmi 14C egalladi. U 4GB RAM + 64GB ROM bilan taqdim etilgan bo‘lib, narxi atigi 543.7 ballik samaradorlik darajasiga ega. Minimalist texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga qaramay, bu model kundalik foydalanish uchun yetarli quvvatga ega. Ayniqsa, ilk smartfon sifatida tavsiya etiladi. Narxi 1,4-2 mln so‘m

AnTu Tu reytingi:

O‘rinModelXotiraNarx-samaradorlik (AnTuTu)
1iQOO Z10x8GB + 128GB691.2
2iQOO Z9x8GB + 128GB688.2
3Honor Play 506GB + 128GB608.5
4Redmi Note 14 5G6GB + 128GB549.1
5Redmi 14C4GB + 64GB543.7
6OPPO K12x 5G8GB + 128GB540.2
7Nubia Xiaoniu12GB + 256GB539.5
8Meizu Note 168GB + 128GB529.0
9Honor Play 9T8GB + 128GB511.5

Eslatib o‘tamiz, avvlaroq Samsung Galaxy S25 seriyasi Janubiy Koreyada 3 million dona sotilgani haqida yozgan edik.