
Samsung yangi One UI 8 operatsion tizimini Galaxy S24 qurilmalari uchun 11-avgustdan beta sinoviga taqdim etadi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
One UI 8 Android 16 asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Galaxy S24 turkumidagi telefonlar uchun yettita yirik operatsion tizim yangilanishlaridan ikkinchisiga aylanadi. Rasmiy versiyaning aynan qachon tarqatilishi hozircha noma’lum, ammo beta dasturining boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Beta dastur quyidagi to‘rt davlatda boshlangan: Hindiston, AQSh, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya. Avvalgi versiyalardan farqli ravishda bu safar Germaniya, Polsha va Xitoy dastlabki bosqichda qatnashmaydi. Faqat Galaxy S25 egalarigina istisno sifatida jalb qilinadi.
Foydalanuvchilar Samsung Members ilovasi orqali beta dasturiga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Galaxy Z Fold 6, Galaxy Z Flip 6, Galaxy S23 va ayrim o‘rta toifadagi modellarda ham bu yangilanish beta shaklida sinovdan o‘tkaziladi.
Rasmiy yangilanish chiqqanida bu haqda alohida xabar qilinadi. Shu bilan birga, hozirdan telefonni beta dasturiga tayyorlash uchun kerakli choralarni ko‘rish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung’ning qaysi qurilmalari One UI 8 testlarini boshlagani haqida xabar bergan edi.