Tuman va shaharlarda iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi drayver loyihalar tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Loyihalar har yili 1-noyabrgacha hokimliklar tomonidan ishlab chiqiladi
Hududiy rivojlanishga xizmat qiluvchi «drayver» loyihalar tartibi belgilandi / Foto: Ahaslides

5-avgust kuni hukumatning qarori bilan tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantiruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Drayver loyihalar hududning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligini rivojlantiruvchi, iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi tashabbuslar hisoblanadi. Ularni ishlab chiqish va ishga tushirish hududiy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan.

Loyihalar har yili 1-noyabrgacha hokimliklar tomonidan ishlab chiqilib, keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taqdim etiladi. U yerdan 10 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi. Vazirlik esa 15 ish kunida loyihani joyiga chiqib o‘rganadi.

Drayver loyihalar tanlov (tender) asosida aniqlangan bosh loyiha tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Loyihaning yakunlanishi esa tuman (shahar) hokimligining dalolatnomasi asosida tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk raqami ko‘rsatkichi tartibi belgilangan edi.

Shuningdek