Ilon Mask Hindiston hukumatini sudga berdi

eʼlon qilindi
So‘z erkinligini buzilishi da’vosi bilan
Ilon Mask Hindiston hukumatini sudga berdi / Foto: RNZ

Ilon Maskning X platformasi (sobiq Twitter) Hindiston hukumatining kontentni senzura qilish siyosatiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

X kompaniyasining da’vosiga ko‘ra, hukumat tomonidan berilgan yuzlab takedown (yo‘q qilish) buyrug‘i so‘z erkinligini buzmoqda. Hindiston esa bu choralarni «noto‘g‘ri ma’lumotlar va xavfli kontent» tarqalishining oldini olish uchun zarur deb hisoblaydi.

Mask Hindistondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari fonida bu senzura siyosatiga qarshi turmoqda. U ilgari Narendra Modi bilan uchrashib, Hindistonda biznes imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Ammo ayni damda X platformasi va Hindiston hukumati o‘rtasidagi keskinlik kuchaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask siyosatga qaytishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek