Iyul oyining eng sevimli smartfonlari qaysilar

6-avgust 2025 11:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Iyul oyining eng sevimli smartfonlari qaysilar / Foto: Consumer Reports

Mashhur benchmark platformasi AnTuTu 2025-yilning iyul oyiga oid eng yuqori foydalanuvchi mamnunligiga ega smartfonlar reytingini e’lon qildi. Unda Huawei Mate 70 Pro+ yetakchilik qilmoqda.

  1. Huawei Mate 70 Pro+
Foto: Mediapark

Reytingning birinchi o‘rnida Huawei Mate 70 Pro+ joy oldi. Ushbu flagman modeli foydalanuvchilarning 98,95% tomonidan yuqori baholangan. Bu telefon texnologiya, dizayn va kameraning ideal uyg‘unligini taqdim etadi. Huawei’ning HarmonyOS tizimi va kuchli xavfsizlik darajasi ham bu natijaga hissa qo‘shgan.

  1. Honor Magic 6 Ultimate Edition
Foto: Overclockers.ru

Ikkinchi o‘rinda joylashgan Honor Magic 6 Ultimate Edition foydalanuvchilarning 97,39% tomonidan ma’qullangan. U premium sinfdagi materiallar, kuchli AI funksiyalar va yuqori darajadagi kamerasi bilan mashhur.

  1. Huawei Mate 70 Pro Premium Edition
Foto: The Verge

Uchinchi pog‘onada yana bir Huawei flagmani — Mate 70 Pro Premium Edition turibdi. Bu model foydalanuvchilarning 97,27% tomonidan ijobiy baholangan. Uning yuqori darajadagi ishlash tezligi va batareya samaradorligi ajralib turadi.

  1. Xiaomi 15S Pro
Foto: Mediapark

Xiaomi o‘zining yangi Xiaomi 15S Pro modeli bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Uning eng asosiy afzalligi — Xiaomi ishlab chiqqan maxsus XRING O1 chipidir. Foydalanuvchilarning 97,11% bu modeldan mamnun.

  1. Xiaomi 15 Ultra
Foto: TechInsider

Beshinchi o‘rinda esa Xiaomi 15 Ultra turibdi. 96,28% foydalanuvchi bu qurilmadan mamnun. Kuchli kamera tizimi, yuqori tezlik va chidamli batareya bu smartfonning asosiy ustunliklaridir.

O‘rinModelFoydalanuvchi mamnunligi (%)
1Huawei Mate 70 Pro+98.87%
2Honor Magic 6 Ultimate Edition97.39%
3Huawei Mate 70 Pro Premium97.27%
4Xiaomi 15S Pro97.11%
5Xiaomi 15 Ultra96.82%
6OPPO Find X8 Ultra94.81%
7Huawei Mate 70 Pro94.55%
8Vivo X Fold3 Pro94.00%
9OPPO Find X8s93.66%
10Meizu 21 Pro93.33%

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri narx va unumdorlik jihatdan eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edi.

Shuningdek