Lifestyle

Jennifer Lopezning jamoasi Toshkentga yetib keldi

Qo‘shiqchi ertaga, 7-avgust kuni poytaxtdagi «Milliy» (avvalgi «Bunyodkor») stadionida konsert beradi
Jennifer Lopez Toshkentga yetib keldi. Foto: «Novosti Tashkentskogo Neba»

Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopezning jamoasi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali xabar berdi.

Samolyot bortida 90 ga yaqin kishi bo‘lib, ular orasida musiqachilar, qo‘riqchilar, raqqosalar va logistika jamoasi a’zolari bor.

Qo‘shiqchi ertaga, 7-avgust kuni poytaxtdagi «Milliy» (avvalgi «Bunyodkor») stadionida konsert beradi.

JENNIFER LOPEZ  | Up All Night: Live In 2025 | Official Promo

Umumiy hisobda 25 mingta chipta sotilishi rejalashtirilgan. Iyul oyining o‘rtalariga kelib, ushbu chiptalarning 40 foizini xorijiy fuqarolar xarid qilgan. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu tadbirga yirik homiylar jalb qilinishi rejalashtirilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, jamg‘arma konsert mahalliy kichik va o‘rta biznes, mehmonxonalar va restoranlar rivojiga hissa qo‘shishini, shuningdek, texnik xodimlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar uchun vaqtincha ish o‘rinlari yaratilishini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Armaniston Jennifer Lopez konsertiga yetti million dollar ajratgani haqida yozgandi.