Jetta VS8 yo‘ltanlamasi 8-avgustdan Xitoyda sotuvga chiqadi

eʼlon qilindi
150 ot kuchiga ega turbo dvigatel bilan
Jetta VS8 krossoveri 8-avgustdan Xitoyda sotuvga chiqadi / Foto: Autohome

FAW va Volkswagen kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan Jetta VS8 krossoveri 8-avgustdan Xitoyda savdoga chiqariladi. Bu haqda AutoHome ma’lum qildi.

Avtomobil Skoda Karoq platformasiga asoslangan bo‘lib, uchta to‘plamda taklif etiladi: All-Round, Smart va Supreme Edition.

Foto: Autohome

Yangi model ramkasiz panjara, qoraytirilgan chiroqlar va klassik tutqichlarga ega. Uzunligi 4629 mm, g‘ildirak bazasi esa 2731 mm. VS8 17 va 18 dyuymli disklar bilan taqdim etiladi.

Kapoti ostida 1.4 litrli, 150 ot kuchiga ega turbo dvigatel va 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi joylashgan.

Foto: Autohome

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Silverado bitta zaryad bilan 1705 km bosib, rekord o‘rnatgani haqida yozgan edik.

Shuningdek