Ko‘chmas mulk bozorida ijara, yer va uy-joy narxlari pasaydi — MB

eʼlon qilindi
Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan
Ko‘chmas mulk
Ko‘chmas mulk bozorida ijara, yer va uy-joy narxlari pasaydi. Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Shu yilning birinchi yarmida tuzilgan ko‘chmas mulk bitimlari soni 88 mingdan oshdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 9,9 foizga o‘sgan. Bu haqda Markaziy bank (MB) tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Bitimlar soni ortishidagi asosiy omil — ipoteka

Birinchi yarim yillikda tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarining 21 foizidan ko‘prog‘i aynan ipoteka asosida amalga oshirilgan. Bu esa 2024-yilga nisbatan 1,4 foizli o‘sishni bildiradi.

Bundan tashqari, ikkinchi chorakda ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga oshdi. Shuningdek, ushbu kreditlarining 74 foizi birlamchi bozordagi uy-joy xaridlariga yo‘naltirilgan.

Yangi qurilishlar va investitsiyalar

Yanvar-iyun oylarida uy-joy qurilishi sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi oshib, o‘tgan yildagi 4,7 foizdan 7,9 foizga yetgan. Qurilish hajmi esa real ko‘rsatkichda 10,7 foizga oshdi. Aholining real daromadlarida bu yil 9,5 foizli o‘sish kuzatildi.

Shuningdek, iyun oyida birlamchi uy-joy narxlari yillik hisobda 2,6 foizga, ikkilamchi bozorda esa 2,5 foizga oshdi. Dollar ekvivalentida bu o‘sish mos ravishda 2,1% va 2 foizni tashkil qildi.

Narxlarning o‘sishi sezilarli bo‘lmasa-da, hududlar kesimida sezilarli tafovutlar mavjud. Masalan, Toshkent, Samarqand va Navoiyda narxlar barqaror saqlanayotgan bo‘lsa, Jizzax, Surxondaryo, Xorazm kabi viloyatlarda o‘sish kuzatilmoqda.

Ijara bozori

Ijara bozorida iyun oyida o‘sish bor-yo‘g‘i 0,3 foizni tashkil etdi. Toshkent shahrida esa narxlar yillik hisobda 6,1 foizga pasaygan. Bu esa mavsumiy talabning kamaygani, taklif hajmining ortgani bilan bog‘liq.

Yer maydoni va uy-joy narxlari pasaydi

Toshkent shahrida 1 sotix (100 kv.m.) yer maydoni narxi 334 million so‘m atrofida bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,5 foizga kamaygan. Shu bilan birga, turar joy binolariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallarining narxi iyun oyida 5 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga aprel oyida 1 kvadrat metr uy-joy narxi o‘rtacha 15,4 million so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, iyun yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 14,9 million so‘mgacha pasaydi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda uy-joy narxiga minimal chegara joriy etish taklif qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek