Lazizbek Mullajonovdagi dopingga soch ko‘chirishdagi dorilar sabab bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Mullajonov va Boks federatsiyasi zarur hujjatlarni ITAga taqdim etdi
Lazizbek Mullajonovdagi dopinga soch ko‘chirishdagi dorilar sabab bo‘lishi mumkin / Foto: Olympic.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Lazizbek Mullajonov dopinga aloqadorlikda ayblanayotgani haqida tarqalgan xabarlarga O‘zbekiston boks federatsiyasi raddiya berdi.

Ma’lumki, Mullajonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va Parij-2024 Olimpiadasi oltin medali sohibi hisoblanadi. So‘nggi kunlarda uning doping qoidalarini buzganligi sababli medali bekor qilinishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi.

Federatsiyaning bayonotiga ko‘ra, 2024-yil 11-iyunda xalqaro qoidalarga muvofiq undan olingan doping sinamasi taqiqlangan moddalarning mavjudligini ko‘rsatgan. Biroq, bu moddalarning kelib chiqishi sportchining 19-noyabr kuni Farg‘onadagi xususiy shifoxonada o‘tkazgan soch ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti chog‘ida ishlatilgan dori vositalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Lazizbek Mullajonov va O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu holat yuzasidan barcha zarur hujjatlarni Xalqaro test agentligiga (ITA) taqdim etgan. Yakuniy qaror hozircha chiqmagan.

Federatsiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, sportchining oltin medali bekor qilinishi haqida xabarlar asosga ega emasligini ta’kidladi. Mazkur holat Parijdagi musobaqa natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Jamoatchilik va OAV vakillaridan rasmiy manbalarsiz xulosa chiqarilmaslik va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilib, ikki yilga musobaqalardan chetlatilgan edi.

Shuningdek