O‘zbekiston Markaziy banki iyun oyida eng yirik oltin xaridoriga aylandi — WGC

eʼlon qilindi
Bank to‘qqiz tonna qimmatbaho metall sotib oldi
слитки золота
Markaziy bank iyun oyida eng yirik oltin xaridoriga aylandi. Foto: Unsplash

2025-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, regulyator to‘qqiz tonna qimmatbaho metall sotib olgan. Bungacha bank oltinning faol sotuvchisi bo‘lgan. Masalan, may oyida Markaziy bank bir tonna, aprel va mart oylarida esa 11 tonnadan oltin sotgan.

Iyunda, shuningdek, Qozog‘iston ham faol xaridor bo‘lib, yetti tonna oltin sotib oldi. Turkiya, Chexiya va Xitoy — ikki tonnadan, Qirg‘iziston, Filippin va Qatar esa bir tonnadan xarid qilgan.

Iyunda eng ko‘p oltin sotgan davlat Singapur bo‘ldi — u besh tonna oltin realizatsiya qilgan. Ushbu davlat regulyatori ketma-ket ikkinchi oyda eng yirik sotuvchiga aylangan.

Umuman olganda, iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin xarid qilgan. Yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 123 tonnani tashkil etgan.

Bundan oldin 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy valyuta va oltin zaxiralari $48,5 milliardga kamaygani haqida yozgandik.

Shuningdek