Singapur kompaniyasi O‘zbekistondagi Multinational Mine Group kompaniyasini sotib oladi

eʼlon qilindi
Xaridor turli korxonalarga sarmoya kiritadigan xolding kompaniyasidir
Foto: pexels.com

Raqobat qo‘mitasi Singapurning Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd. kompaniyasi bilan O‘zbekistonning Multinational Mine Group korxonasi o‘rtasidagi bitimni ma’qulladi.

Xorijiy investor foydali qazilmalarni qidirish va muhandislik ishlari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek kompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foizlik ulushni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Xaridor turli korxonalarga sarmoya kiritadigan xolding kompaniyasidir. Shuningdek, Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida konlarni o‘zlashtirayotgani ham ma’lum. Kompaniyaning asosiy loyihasi Qorasoyda oltin qazib olishdan iborat.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda uy-joy bozori qayta jonlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek