O‘zbekistonda chikungunya bezgagi tarqalmaydi – Sanepidqo‘mita

eʼlon qilindi
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi
O‘zbekistonda chikungunya bezgagi tarqalmaydi. Foto: Apollo hospitals

Xitoyda ko‘paygan chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kasallikni yuqtiruvchi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus turidagi chivinlar O‘zbekiston hududida uchramaydi. Chikungunya isitmasi dastlab joriy yilning 2-avgust kuni Gonkongda aniqlangan va bemor 12 yoshli bola bo‘lgan.

CBC nashrining yozishicha, so‘nggi haftalarda Xitoyning Guandun provinsiyasida chikungunya bilan bog‘liq yetti mingdan ortiq holatlar qayd etilgan, ularning aksariyati janubiy Foshan shahrida.

Xabarga ko‘ra, kasallikka chalinganlar virus aniqlanmaguncha shifoxonada karantinda saqlanmoqda, shuningdek, hozirda Foshandagi chivinlar ko‘payishi mumkin bo‘lgan oqmaydigan suv kabi xavf omillari tekshirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yil Amerika qit’asida 209 mingdan ortiq chikungunya holati kuzatilgan, eng yuqori ko‘rsatkich Braziliyada qayd etilgan.

Bundan avval o‘zbekistonliklar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Xitoy ham kirishi haqida yozgandik.

Shuningdek