O‘zbekistondagi AES qurilishida belaruslar ham ishtirok etishi mumkin

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning ilk AES loyihasiga Belarus tajribasi asos bo‘ladi
O‘zbekistondagi AES qurilishida belaruslar ham ishtirok etishi mumkin / Foto: «O‘zatom» agentligi

2025-yil 5–6-avgust kunlari «O‘zatom» agentligi delegatsiyasi Belarus Respublikasida bo‘lib, mamlakatdagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi va ishlash tajribasini o‘rganmoqda. Bu haqda «O‘zatom» agentligi ma’lum qildi.

Delegatsiya Belarus energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashib, atom energetikasi sohasida hamkorlik, xavfsizlik, jamoatchilik bilan aloqalar va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, ular BelAES infratuzilmasi, AES xodimlari uchun shahar qurilishi va dispetcherlik markazi faoliyati bilan tanishdi.

Foto: «O‘zatom» agentligi

«Ishonchim komilki, belaruslar O‘zbekistonda AES qurilishda ishtirok etishlari mumkin», — dedi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz.

«O‘zatom» rahbari Azim Axmedxadjayev Belarus tajribasini O‘zbekistonda sanoat bazasini shakllantirishda muhim deb baholadi. Belarus AES bugun mamlakat elektr energiyasining 40 foizini ishlab chiqarmoqda va bu loyiha «Rosatom» bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Foto: «O‘zatom» agentligi

Tashrif doirasida BelAESga borish, o‘quv markazi bilan tanishish va qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ilk atom elektr stansiyasi uchun yoqilg‘ini 2029-yilda qabul qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek